Si Jinping uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylandi

Si Jinping Xitoy tarixida birinchi bor uchinchi muddatga rais etib saylangan mamlakat rahbariga aylandi.

1957529
Si Jinping uchinchi muddatga Xitoy rahbari etib saylandi

 

Bugun, 10 mart kuni Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi raisi sifatida uchinchi besh yillik muddatga saylandi.

Davlat rahbari saylovi juma kuni ertalab yalpi majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan bo‘lib o‘tdi. Unda 2952 nafar deputat ishtirok etdi.

Si Jinping Xitoyda uchinchi muddatga rais etib saylangan birinchi rahbar bo‘ldi.

Bundan tashqari, Si Jinping mamlakatning barcha qurolli kuchlariga rahbarlik va yagona qo‘mondonlikni ta’minlovchi Xitoy Markaziy harbiy komissiyasi rahbari lavozimiga qayta saylandi.

Si Jinping ilk bor 2013 yil mart oyida Xitoy raisi etib saylangan va 2018 yil mart oyida ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangandi.

Si Jinping bu yil 70 yoshga to‘ladi va u hokimiyatda qancha vaqt qolishni rejalashtirayotgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Si Szinpin

Aloqador xabarlar