Germaniyada cherkovga uyushtirilgan qurolli hujumda 7 kishi halok bo‘ldi

Politsiya 3 qavatli cherkov binosiga kirib kelayotganda bir marta qurol ovozi eshitirilgan. Shu sababli hujumni sodir qilgan shaxs o'z joniga qast qilgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

1957515
Germaniyada cherkovga uyushtirilgan qurolli hujumda 7 kishi halok bo‘ldi

 

Germaniyaning Gamburg shahridagi cherkovga uyushtirilgan qurolli hujumda 7 kishi halok bo‘lgan.

Germaniya matbuoti Gamburgning Grossborstel dahasidagi Yehova shahidlariga oid cherkovga hujum uyushtirilgani va hujumchi bilan birga 7 kishi halok bo‘lganini xabar qildi.

Xavfsizlik kuchlari ma'lum qilishicha, voqeada ko'plab kishi yaralangan.

Politsiya 3 qavatli cherkov binosiga kirib kelayotganda bir marta qurol ovozi eshitirilgan. Shu sababli hujumni sodir qilgan shaxs o'z joniga qast qilgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Voqea yuzasidan tergov- surishtiruv harakati olib borilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya

Aloqador xabarlar