Stoltenberg Bahmut tez orada Rossiya qoʻliga oʻtishi mumkinligini qayd etdi

Stoltenberg Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlarining Shvetsiyada boʻlib oʻtgan yigʻilishida ishtirok etdi.

1956901
Stoltenberg Bahmut tez orada Rossiya qoʻliga oʻtishi mumkinligini qayd etdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Rossiya va Ukraina kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar davom etayotgan Ukrainaning Bahmut shahri tez orada Rossiya qoʻliga oʻtishi mumkinligini qayd etdi.

Stoltenberg Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlarining Shvetsiyada boʻlib oʻtgan yigʻilishida ishtirok etdi.

Yigʻilish oldidan jurnalistlarga bayonot bergan Stoltenberg, oxirgi haftalarda Bahmut va atrofida shiddatli toʻqnashuvlar qayd etilgani va Rossiyaning bu nuqtaga koʻplab askar joylashtirganini ifoda etdi.

Rus kuchlarining jiddiy yoʻqotishlarga duchor boʻlganini ifoda etgan Stoltenberg, “Ayni paytda yaqin kunlarda Bahmutning qulashi mumkinligiga ham e’tiborsiz qola olmaymiz. Bu vaziyat urushda burilish nuqtasi boʻlmasligini ta’kidlash lozim. Rossiyaga e’tiborsiz qolmasligimiz kerak va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz zarur”.- dedi.

NATO ittifoqchilarining oxirgi bir yilda Ukrainaga 150 milliard yevrolik harbiy, moliyaviy va iqtisodiy yordam berganini ifoda etgan Stoltenberg, buning 65 milliard yevrosi harbiy yordam ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Ukrainani qoʻllab-quvvatlar ekanmiz, oʻz qurol va oʻq-dori zaxiralarini toʻliq saqlash zarurligiga e’tibor qaratgan Stoltenberg, mudofaa sanoati ishlab chiqarishni oshirish bilan birga, ba’zi NATO ittifoqchilarining mushtarak xaridlar ustida ishlashni davom ettirayotganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar