Hindiston va Fransiya qo‘shinlari harbiy mashg‘ulot o'tkazmoqda

Hindiston va Fransiya qo‘shinlari o‘rtasida “FRINJEX-23” nomli birinchi qo‘shma harbiy mashg‘ulot kecha boshlandi.

1956564
Hindiston va Fransiya qo‘shinlari harbiy mashg‘ulot o'tkazmoqda

 

Hindiston va Fransiya qo‘shinlari o‘rtasida “FRINJEX-23” nomli birinchi qo‘shma harbiy mashg‘ulot kecha boshlandi.

Hindiston armiyasi janubiy qo‘mondonligi bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Hindiston armiyasi va Fransiya armiyasi o‘rtasidagi birinchi qo‘shma harbiy mashg‘ulot FRINJEX 2023 o’z ishini boshladi. Mashqlar ikki davlat armiyasi o‘rtasidagi hamkorlik va muvofiqlikni oshirishga qaratilgan",-deyiladi ma’lumotda.

Mudofaa vazirligi tomonidan 6 mart kuni berilgan bayonotga ko’ra, kecha boshlangan 2 kunlik mashg'ulotlar Kerala shtati poytaxtidagi Pangode harbiy bazasida o'tkazilmoqda.

Bayonotda ikki armiyaning ilk bor mushtarak mashg'ulot o'tkazgani haqida ma'lumot berilgan.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Hindiston

Aloqador xabarlar