Rossiya bilan Ukraina o‘zaro mahbus almashdi

Ikki davlat harbiy mulozimlarining muzokaralari natijasida asirlikda bo’lgan 90 nafar rus askari Kiyev boshqaruvi nazorati ostidagi hududlardan vataniga qaytgan.

1956483
Rossiya bilan Ukraina o‘zaro mahbus almashdi

 

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mahbuslar almashinuvi bilan jami 220 kishi ozod qilindi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, ikki davlat harbiy mulozimlarining muzokaralari natijasida asirlikda bo’lgan 90 nafar rus askari Kiyev boshqaruvi nazorati ostidagi hududlardan vataniga qaytgan.

Ozod qilingan askarlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun Rossiya harbiy-havo kuchlari samolyoti bilan poytaxt Moskvaga olib kelinishi, askarlarga zarur psixologik va tibbiy yordam ko'rsatilishi bildirildi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ham Telegram’dagi akkauntida “Yana bir mahbus almashinuvini amalga oshirdik. 130 nafar askarimizni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldik. Ular orasida 4 nafari ayol harbiy ham bor”,-dedi.

Ulardan 87 nafari Mariupolda asirga olingan askarlar ekanligini qayd etgan Yermak, Bahmut va Soledar viloyatlaridan esa, 35 nafar askar qutqarilganini ma’lum qildi.

“Bugun biz olib kelgan odamlarning koʻpchiligi ogʻir yaralangan. Prezidentimiz Vladimir Zelenskiy ta’kidlaganidek, davlat ularning har biriga g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Har bir qahramonimiz davlatning ularga g‘amxo‘rlik qilayotganini his qilishi kerak”,-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar