Nikos Dendias Fener Rum Patriarxi Bartolomey bilan uchrashdi

Dendias o'zining Twitter'dagi sahifasida Patriarx Bartolomey tomonidan qabul qilinganini va ular patriarxatning ma'naviy va xayriya ishlari bilan yaqindan tanishganini ma'lum qildi.

1955160
Nikos Dendias Fener Rum Patriarxi Bartolomey bilan uchrashdi

 

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Istanbulga tashrifi doirasida Fener Rum Patriarxi Bartolomey bilan uchrashdi.

Dendias o'zining Twitter'dagi sahifasida Patriarx Bartolomey tomonidan qabul qilinganini va ular patriarxatning ma'naviy va xayriya ishlari bilan yaqindan tanishganini ma'lum qildi.

Dendias Bartolomey bilan uchrashishdan oldin Fener Rum Patriarxiyasida o'tkazilgan diniy marosimda ishtirok etgan edi.

Marosimdan keyin Gretsiyadagi poyezd halokati va 6-fevral kuni Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun duolar qilindi.

Marosimda Janubiy Kipr Rum boshqaruvi pravoslav arxiyepiskopi Georgios ham ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #Nikos Dendias

Aloqador xabarlar