Qatar Amiri al-Soniy butun dunyoni Turkiyaga yordam berishga chaqirdi

Qatar Amiri Shayx Tamim poytaxt Dohada uyushtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) navbatdagi (beshinchi) Eng kam rivojlangan davlatlar konferentsiyasining ochilish sessiyasida nutq so‘zladi.

1955064
Qatar Amiri al-Soniy butun dunyoni Turkiyaga yordam berishga chaqirdi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari oqibatlarini bartaraf etish uchun butun dunyoni Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Qatar Amiri Shayx Tamim poytaxt Dohada uyushtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) navbatdagi (beshinchi) Eng kam rivojlangan davlatlar konferentsiyasining ochilish sessiyasida nutq so‘zladi.

Shayx Tamim, mazkur nutqida, “Hammani Turkiyaning yer silkinishlari oqibatlarini bartaraf etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”.-dedi.

Qatar mezbonligida “potentsialdan farovonlik sari” mavzusi bilan boshlagan BMTning Eng kam rivojlangan davlatlar beshinchi konferensiyasi 9-martgacha davom etadi.

Anjumanda oliy darajali rasmiylar shu jumladan davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, diplomatlar, ishbilarmonlar, mintaqaviy va global tashkilotlar, muassasa va kompaniya vakillaridan iborat qariyb 6000 kishining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferentsiyadan maqsad, dunyodagi eng kam rivojlangan mamlakatlarga yordam berish yo‘llarini muzokara qilish va eng dolzarb deb topilgan loyihalarda iqtisodiyotlarini yaxshilash niyatida sarmoyalarni jalb qilishdir.



Aloqador xabarlar