AQSh Eron neftini sotish bilan shug‘ullangan 6ta kompaniyaga sanksiya joriy qildi

Sanksiya qo'yilgan kompaniyalar orasida Vetnam, ikkita Xitoy, ikkita Eron, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) asoslangan kompaniyalar borligi bildirildi.

1954347
AQSh Eron neftini sotish bilan shug‘ullangan 6ta kompaniyaga sanksiya joriy qildi

 

AQSh Eron neftini sotish va jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi 6 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

AQSh Davlat departamentidan berilgan yozma bayonotda, sanksiya qo'yilgan kompaniyalar orasida Vetnam, ikkita Xitoy, ikkita Eron, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) asoslangan kompaniyalar borligi bildirildi. 

Ushbu shirkatlarga tegishli 20 ta kema ham sanksiyalar doirasiga kiritilgan.

Sanksiyaga uchragan kompaniyalar va taqiqlangan kemalar bilan aloqador har qanday shaxsga sanksiya qo'llanilishi mumkin.

Qayd etilishicha, ushbu kompaniyalarning AQShda joylashgan va amerikalik shaxslar nazorati ostidagi barcha mulklari haqida G‘aznachilik departamentining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasiga (OFAC) xabar berilishi kerak.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bergan bayonotida, "Qo'shma Shtatlar Eronning energiya eksportini sezilarli darajada kamaytirishga qaror qildi. Eronning neft va neft-kimyo savdosiga yordam berganlarga qarshi sanksiyalar qo'llashda davom etadi" dedi.

"Ushbu qaror Eronga qarshi sanksiyalar qo'llash bo'yicha harakatlarimizni kuchaytiradi. Sanksiyalarimizni chetlab o'tishga urinayotganlarga qarshi chora ko'rishdan tortinmaymiz", - dedi Blinken. 

AQSh Moliya vazirligi 10 fevral kuni Eron neft va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va jo‘natishda muhim rol o‘ynaydigan 9 kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shganini e’lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Eron

Aloqador xabarlar