Hindistonda G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tmoqda

“Katta yigirmatalik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi Turkiya va Suriyada sodir bo'lgan dahshatli zilzilalarda qurbon bo'lganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

1954071
Hindistonda G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tmoqda

 

Bugun, 2 mart kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida boshlangan “Katta yigirmatalik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi Turkiya va Suriyada sodir bo'lgan dahshatli zilzilalarda qurbon bo'lganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

Uchrashuv Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankarning nutqi bilan ochildi.

Mazkur anjumanga Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ishtirok etmoqda.

Hindiston hukumati raisligida bo'lib o‘tayotgan mazkur uchrashuvda 40 ga yaqin delegatsiya ishtirok etmoqda. 

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar ushbu sammit davomida ikkita sessiyaga raislik qiladi.

“Birinchi sessiya oziq-ovqat va energiya bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlansa, ikkinchi sessiyada to‘rt yoki beshta muhim masala, jumladan, paydo bo‘layotgan yangi tahdidlar, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash muammolari muhokama etiladi", – deyiladi hukumat bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #G20 , #Hindiston

Aloqador xabarlar