Isroil, noqonuniy yahudiy turar-joylarini qurish rejasida hech qanday o‘zgarish yo’q deb bildirdi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, bosib olingan G‘arbiy Sohilda noqonuniy yahudiy turar-joylarini qurish rejasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligini ma’lum qildi.

1951777

Benyamin Netanyahu Iordaniyaning Aqaba shahrida Falastin, Isroil, Iordaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) va Misr ishtirokida bo'lib o'tgan xavfsizlik yig'ilishi haqida o'z Twitter sahifasida o'rtoqlashdi.

Isroil matbuotida tarqalgan “Uchrashuv natijasida Isroil G’arbiy Sohilda yangi turar-joy qurilishini 4 oy muddatga muzlatishga qaror qildi” degan xabarga ishora qilgan Netanyahu buni rad etdi.

“Yahudeya va Samariyadagi qurilish va tartibga solish (Gʻarbiy Sohilning yahudiy nomi) hech qanday oʻzgarishsiz dastlabki rejalashtirish va jadvalga muvofiq davom etadi.  to’xtatish

yo‘q va bo‘lmaydi ham”. Deya ifoda etdi.

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Aqabadagi xavfsizlik yig'ilishining yakuniy bayonotini e'lon qilgan edi.

Bayonotga ko'ra, Falastin ma'muriyati va Isroil hukumati bir tomonlama harakatlarni 3 oydan 6 oygacha to'xtatishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

Bir tomonlama harakatlarni to'xtatish, Isroil hukumatining 4 oy davomida yangi turar-joy qurilishini muhokama qilmaslik va 6 oy davomida noqonuniy aholi punktlarini tasdiqlamaslikni o'z ichiga olganligi qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #Yig'ilish , #Irodaniya , #Mısr , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar