Braziliyada suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni 65 kishiga yetdi

Suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 2000 dan ortiq odam boshpanasiz qolgani, falokat hududidan 3000 kishi evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.

1951758
Braziliyada suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni 65 kishiga yetdi

 

Braziliyaning San-Paulu shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 65 nafarga yetdi.

San-Paulu shtati ma'muriyati tomonidan qilingan bayonotda, 18-fevraldan beri suv toshqinlari va ko'chkilar tufayli hayotdan ko'z yumganlar sonining 65 nafarga etgani ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan shtatda zararni baholash ishlari boshlanadi.

Milliy Meteorologiya Institutidan 21-fevral kuni berilgan bayonotda, fevral oyida kutilayotgan yog'ingarchilik miqdori shtatda 24 soat ichida tushgani va zararning katta ekanligi bildirildi.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 21-fevral kuni tabiiy ofat hududiga tashrif buyurib, vaziyatni vertolyotda havodan o‘rganib chiqdi.

Suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 2000 dan ortiq odam boshpanasiz qolgani, falokat hududidan 3000 kishi evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar