Fransiyadagi yarmarkada Makronga qarshi norozilik bildirildi

Makron ishtirokida bo'lib o'tayotgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasida bir namoyishchining noroziligidan keyin mushtlashuv boshlandi. Makronning tansoqchilari namoyishchi ayolni sochidan ushlab, yerga sudrab olib ketishdi.

1951738
Fransiyadagi yarmarkada Makronga qarshi norozilik bildirildi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ishtirokida bo'lib o'tayotgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasida bir namoyishchining noroziligidan keyin mushtlashuv boshlandi. Makronning tansoqchilari namoyishchi ayolni sochidan ushlab, yerga sudrab olib ketishdi.

Emmanuel Makron bir kun avval Xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasiga tashrif buyurgandi. Yarmarkada “Mehnatkash dehqonlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun keldim” degan Makronga norozilik bildirmoqchi bo‘lgan namoyishchi Prezident oldiga otildi.

Namoyishchi ayolga Makronning tansoqchilari qarshilik ko'rsatdi. Namoyishchi sochidan sudralgan holda, hududdan olib ketildi.

Fransiyada norozilikka sabab bo'lgan bahsli qonunga ko'ra, pensiya yoshi sentyabr oyidan boshlab har yili bosqichma-bosqich oshirilib, 2027 yilda 63 yoshu 3 oyga, 2030 yilda esa 64 yoshga teng bo'ladi.

Mamlakatda nafaqaga chiqish uchun 2027 yildan boshlab 43 yil ishlagan bo‘lish kerak. Fransiyada 62 yoshga to'lgan pensiya yoshi G'arbiy Yevropaning ko'plab boshqa mamlakatlariga qaraganda past. Ispaniyada pensiya yoshi 65 yosh, Buyuk Britaniyada 66 yosh, Italiya va Germaniya esa uni 67 yoshga oshirishni rejalashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Emmanuel Makron , #Fransiya

Aloqador xabarlar