Nigeriyada terror qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda 100 nafar terrorist yo'q qilindi

Nigeriya Mudofaa vazirligi OAV operatsiyalari direktori Musa Danmadami, armiyaning 9-23 fevral kunlari Borno shtatida terror tashkilotlari Boko Haram va ISWAP a'zolariga qarshi havodan va quruqlikdan operatsiya o'tkazganini bildirdi.

1951192
Nigeriyada terror qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda 100 nafar terrorist yo'q qilindi

 

Nigeriyada terror tashkilotlariga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda kamida 100 nafar terrorist yo'q qilindi.

Nigeriya Mudofaa vazirligi OAV operatsiyalari direktori Musa Danmadami, armiyaning 9-23 fevral kunlari Borno shtatida terror tashkilotlari Boko Haram va ISWAP a'zolariga qarshi havodan va quruqlikdan operatsiya o'tkazganini bildirdi.

Danmadami, amaliyotlarda kamida 100 nafar terroristning yo'q qilinganini, ko'plab terrorist esa jarohat olib qutulib qolganini qayd etdi.

Operatsiyada terroristlarning boshpanalari bombalanganini ifoda etgan Danmadami, 38 ta qurol va muhim o'q-dorilarning ham qo'lga kiritilgani haqidagi ma'lumotni o'rtoqlashdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yo'q qilindi , #Terrorist , #Nigeriya

Aloqador xabarlar