Eron sport vaziri Hamid Sajodiyning vertolyoti halokatga uchradi

Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati rahbari Pir Huseyin Kolivend baxtsiz hodisada og'ir yaralangan vazir maslahatchisi Ismoil Ahmadiyning hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

1951084
Eron sport vaziri Hamid Sajodiyning vertolyoti halokatga uchradi

 

Eron sport vaziri Hamid Sajodiyni olib uchgan vertolyot Baft shahrida qo‘nish payti halokatga uchradi.

Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, vazir tirik, hayoti uchun xavf yo‘q. U yengil jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Uning sheriklari — jarohat olgan boshqa yo‘lovchilar ham shifoxonada.

Vertolyot stadionga qo‘nayotgan bo‘lgan, nimadir yuz berib, yonboshi bilan qulagan.

Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati rahbari Pir Huseyin Kolivend baxtsiz hodisada og'ir yaralangan vazir maslahatchisi Ismoil Ahmadiyning hayotdan ko'z yumganini,  18 kishi yaralanganini ma'lum qildi. Yaradorlardan 3 nafari og'ir ahvolda.

Xabar qilinishicha, vazir avariya oqibatida miyasi chayqalgan, biroq uning ahvoli nisbatan yaxshi.

IRNA xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida deputat Samedulloh Muhammedi ham bor.


Tanlangan kalimalar: #Hamid Sajodiy , #Eron

Aloqador xabarlar