Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan ko‘chkida 5 kishi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, voqea joyida 40 nafar tibbiyot xodimi va 470 nafardan ortiq qutqaruvchi ish olib bormoqda.

1950799
Xitoydagi ko‘mir konida yuz bergan ko‘chkida 5 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida joylashgan ko‘mir konida ulkan ko‘chki oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 22-fevral kuni sodir bo‘lgan. Ochiq ko‘mir koniga balandligi 180 metrli qiyalik qulab tushgan, deyiladi Xitoyning CCTV davlat telekanali xabarida.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyida 40 nafar tibbiyot xodimi va 470 nafardan ortiq qutqaruvchi ish olib bormoqda.

Ushbu konni boshqaruvchi Xinjing Coal Industry Co. Ltd. kompaniyasi xavfsizlik talablarini ko‘p marotaba buzganligi uchun 2022-yilda jarimaga tortilgandi.

Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan hodisa sabablarini zudlik bilan tekshirishni buyurdi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar