Nigeriyada umumiy saylovlarga 2 kun qolganda senator nomzod o'ldirildi

Nigeriyada umumiy saylovlarga 2 kun qolganda Sharqiy Enugu hududida senatorlikka nomzod o'ldirildi. Milliy matbuot xabarlariga ko'ra, Leyboristlar partiyasi (LP) Senat nomzodi Amechi Avkunanau saylov kampaniyasidan qaytganida otib o'ldirilgan.

1950608
Nigeriyada umumiy saylovlarga 2 kun qolganda senator nomzod o'ldirildi

 

Nigeriyada umumiy saylovlarga 2 kun qolganda Sharqiy Enugu hududida senatorlikka nomzod o'ldirildi.

Milliy matbuot xabarlariga ko'ra, Leyboristlar partiyasi (LP) Senat nomzodi Amechi Avkunanau saylov kampaniyasidan qaytganida otib o'ldirilgan.

Qurollanganlar senator nomzodini va uning yonidagi 5 kishini o‘ldirib, jasadlar topilgan transport vositasini yoqib yuborgan.

Enugu shtati LP gubernatori nomzodi Chijioke Edeoga hujum bilan bog'liq bayonotida,

"Partiyamiz a'zolari shtatda Leyboristlar partiyasining kuchayishini tahdid deb biladigan va shanba kuni bo'lib o'tadigan saylovda mag'lub bo'lishdan qo'rqadigan siyosiy partiyalar tomonidan nishonga olingan". dedi.

Taxminan 206 million aholiga ega Nigeriyada 25-fevralda prezidentlik, 11-martda esa gubernatorlik saylovlari boʻlib oʻtadi.

“Boko Haram” va “Biafra mahalliy xalqlari” (IPOB) terror tashkilotlari va qurolli to‘da a’zolari mamlakatdagi saylovlar xavfsizligiga tahdid solmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'ldirildi , #Nomzod , #Senator , #Nigeriya

Aloqador xabarlar