Isroil, G'azo sektoridagi ba'zi nishonlarga havo hujumi uyushtirganini e'lon qildi

Kecha Isroil kuchlarining ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohildagi Nablus shahriga uyushtirgan bosqinida 11 nafar Falastinlik, jumladan bir bola halok bo’ldi, 100 dan ortiq Falastinlik jarohat oldi, bu esa mintaqadagi keskinlikni kuchaytirdi.

1950493
Isroil, G'azo sektoridagi ba'zi nishonlarga havo hujumi uyushtirganini e'lon qildi

 

 

Isroil armiyasi blokadadagi G'azo sektoridagi ba'zi nishonlarga havo hujumi uyushtirganini e'lon qildi.

Kecha Isroil kuchlarining ishg’ol ostidagi G’arbiy Sohildagi Nablus shahriga uyushtirgan bosqinida 11 nafar Falastinlik, jumladan bir bola halok bo’ldi, 100 dan ortiq Falastinlik jarohat oldi, bu esa mintaqadagi keskinlikni kuchaytirdi.

Isroil armiyasidan berilgan yozma bayonotda, G'azo sektoridan Isroilning janubiga 6 ta raketa uchirilgani, 5 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilingani, 1 ta raketa esa ochiq yerga tushgani ma'lum qilindi. G‘azo sektori atrofidagi Sderot va Ashkelon shaharlarida hujum sirenalari yangradi.

Isroil qo'shini ikkinchi bayonotida, erta tongda G'azo sektoridagi ba'zi nishonlar, jumladan Falastinning qarshilik tashkiloti Hamasga tegishli bo'lgan qurol omborlari Isroil jangovar samolyotlari tomonidan zarba berilganini ma'lum qildi.

Bayonotda, hujumlar kechasi Isroilga qarata uchirilgan raketalarga o'ch olish maqsadida uyushtirilgani bildirildi.

Blokadagi G'azo sektorida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo'qligi haqida ma'lumot berilmagan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #havo hujumi , #G'azo sektori , #Isroil

Aloqador xabarlar