Maki Sall Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Senegal Prezidenti Maki Sall Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

1949223
Maki Sall Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Senegal Prezidenti Maki Sall, Hatayda xizmat qilayotgan Senegal qidiruv-qutqaruv guruhi bilan uchrashgan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Sall, Twitter sahifasi orqali, Senegal qidiruv-qutqaruv guruhi bilan uchrashgani uchun Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

Sall, Senegalning bu qiyin davrda turk xalqi va hukumati bilan birdamlik ichida ekanini qayd etdi.

Senegal hukumati o‘tgan hafta 30 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhini Turkiyaga yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz:

Turkiyada 6-fevral kuni 7.7 va 7.6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi va ular mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibati, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra 41 ming nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi.



Aloqador xabarlar