Eronda 5,2 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi

Bugun Eronda 5,2 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.

1949170
Eronda 5,2 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi

Eron janubi-g‘arbidagi Fors viloyatida 5,2 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Eron Milliy seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra epitsentri Fors viloyatiga qarashli Dorz qishlogʻi boʻlgan 5,2 magnitudali yer silkinishi, mahalliy vaqt bilan soat 09:35da qayd etilgan.

Mazkur tabiiy ofatning 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani bildirildi.

Yer silkinishidan so‘ng qurbonlar yoki mol-mulk yo‘qotilgani haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Fors viloyati , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar