Turkiyaga xalqaro hamjamiyat yordamlari davom etmoqda

Kahramanmaroshdagi 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar ortidan Meksika xalqi Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun 140 tonna yordam materiali yubordi.

1948013
Turkiyaga xalqaro hamjamiyat  yordamlari davom etmoqda

 

Kahramanmaroshdagi 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar ortidan Meksika xalqi Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun 140 tonna yordam materiali yubordi.

Turkiyaning Meksikadagi elchisi İlhan Kemal Tug', Meksika Mudofaa vazirligi (SEDENA) va Meksika vazirligiga qarashli Meksika Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi (AMEXCID) bilan hamkorlikda Turkiyaga hozirgacha 140 tonna yordam yuborilganini bildirdi.

Elchixona bog'ida 65 tonnalik yordam materialining jo'natilish kutilayotganini tushuntirgan Tug', qisqa vaqt ichida muhtojlarga yetkazib berilishini aytdi.

Tug', 150 kishilik Meksika qidiruv-qutqaruv guruhining zilziladan keyin Turkiyaga jo'natganini bildirdi.

THY samolyotlari bilan qidiruv-qutqaruv jarayoniga yordam berish uchun 90 nafar meksikalik ko’ngilli zilziladan zarar ko’rgan viloyatlarimizga elchixonamiz orqali yuborildi”. Deb qayd etdi.

Nigeriya Prezidenti Mohammed Buharining rafiqasi Aisha Buhari, "asr falokati" deya ta'riflangan Qahramanmarash markazidagi zilziladan jabr ko'rganlar uchun 10 ming adyol sovg'a qildi.

Aisha Buxoriy tomonidan hadya qilingan 10 ming adyol Nigeriyaga tegishli harbiy samolyot bilan zilzila zonasiga yetkaziladi.

Zilzilalarda halok bo'lganlar uchun Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Hasan Murat Merjan va Nyu-York Bosh konsuli Reyhan O'zg'ur tomonidan AQShning Nyu-York shahridagi Turkevida uyushtirilgan marosimda yodga olindi.

Xotira marosimiga mintaqada, ayniqsa Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida olib borilgan yordam tadbirlarida qatnashgan, ishlarga hissa qo'shgan nodavlat tashkilot vakillari, ishbilarmonlar va ko'ngillilar taklif etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Nigeriya , #Meksika , #Zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar