Stoltenberg: “Aqlimiz, fikrimiz turk xalqi bilan!”

Stoltenberg, 14-15 fevral kunlari Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi uchun uyushtirgan matbuot anjumanida eng avvalo Turkiyadagi tabiiy ofatga to‘xtaldi.

1945934
Stoltenberg: “Aqlimiz, fikrimiz turk xalqi bilan!”

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning qayd etishicha, yer silkinishidan keyin NATO tarkibidagi davlatlar Turkiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Stoltenberg, 14-15 fevral kunlari Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi uchun uyushtirgan matbuot anjumanida eng avvalo Turkiyadagi tabiiy ofatga to‘xtaldi.

“Aqlimiz, fikrimiz turk xalqi bilan!”- degan Stoltenberg, NATOga a’zo davlatlarning qidiruv-qutqaruv xodimlari, o‘t o‘chiruvchilari, sog‘liqni saqlash xodimlari va yer silkinishi bo‘yicha mutaxassislar kabi ko‘plab yordamchi xodimlarini Turkiyaga yuborganini qayd etdi.

NATO tarkibidagi davlatlarning Turkiyaga turli boshpana jihatidan yordam berishlarini ifoda etgan Stoltenberg,

“Ittifoqdoshimiz Turkiya bilan birdamlik ichidamiz”. -  deya gapirdi.

O‘tgan hafta sodir bo‘lgan va mamlakatning 10 ta viloytiga ta’sir qilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishidagi voqeada minglab inson umriga zomin bo‘lar ekan, “asr falokati” deb ta’riflanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Yens Stoltenberg , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar