Jahon banki Turkiyaga 1,78 milliard dollar mablag' ajratadi

“Turkiyaning yaqin va uzoq kelajakdagi ehtiyojlari ortib bormoqda. Ularga hozirda ko‘mak berish bilan bir qatorda mamlakatning qayta tiklanishiga ham yordam berish kerak”, deydi Jahon bankining Turkiya bo‘yicha direktori Humberto Lopez.

1944733
Jahon banki Turkiyaga 1,78 milliard dollar mablag' ajratadi

 

Jahon banki zilzila oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Turkiyaga 1,78 milliard AQSH dollari ajratilishini ma’lum qildi. Bu mablag' favqulodda yordam va qayta ta'mirlash ishlari uchun ajratiladi.

Bu haqda Jahon banki rasmiy saytida e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, Jahon banki ofat ko‘lamini o‘rganish, tiklash va qayta ta'mirlashni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash uchun zararni tezkor ko‘rsatkichlarini baholashni ham boshlagan. 

“Turkiyaning yaqin va uzoq kelajakdagi ehtiyojlari ortib bormoqda. Ularga hozirda ko‘mak berish bilan bir qatorda mamlakatning qayta tiklanishiga ham yordam berish kerak”, deydi Jahon bankining Turkiya bo‘yicha direktori Humberto Lopez.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Jahon bankining Turkiya bilan hamkorligi 1950 yilda boshlangan. So‘nggi yillarda bank mamlakatda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish, shaharsozlik va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yetakchi hamkor hisoblanadi.

Tashkilotning Turkiya bilan hamkorligi doirasida – Istanbuldagi seysmik xavfni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish loyihasini amalga oshirish, Turkiyadagi qochqinlar uchun muassasa tomonidan moliyalashtirilgan xavfsiz maktablar yaratish, “Jamoat binolarida seysmik chidamlilik va energiya samaradorligi” nomli bir qator loyihalar ishlab chiqilgan.

Ushbu dasturlar shu kunga qadar 9 milliard dollarlik 30 ta faol kredit operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar