Pedersen: Suriya xalqi zudlik bilan xalqaro yordamga muhtoj

Pedersen, Turkiya va Suriyada qish o‘rtalarida minglab ayol, yosh bola va qariyalar ziyon ko‘rgan yer silkinishi oqibatida sodir bo‘lgan fojiali yo‘qotishlar va katta vayronagarchiliklardan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.

1942967
Pedersen: Suriya xalqi zudlik bilan xalqaro yordamga muhtoj

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen, Turkiya va Suriyada qayd etilgan yer silkinishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarga hamdardlik bildirdi.

Pedersen mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, Turkiya va Suriyada qish o‘rtalarida minglab ayol, yosh bola va qariyalar ziyon ko‘rgan yer silkinishi oqibatida sodir bo‘lgan fojiali yo‘qotishlar va katta vayronagarchiliklardan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi.

“Yer silkinishidan ziyon ko‘rganlarga chuqur hamdardlik bildiraman”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Pedersen, ulardan ko‘pchiligining (Suriyadagi yer silkinishida halok bo‘lganlar) voqeadan oldin ham katta azob ichida ekanliklarini ta’kidladi.

Pedersen,

“Birdamlik ichida to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”. - der ekan ayni vaqtda Suriya xalqining zudlik bilan xalqaro yordamga muhtojligini taʼkidladi. Shuningdek, hammani yordamga chaqirdi.



Aloqador xabarlar