Stoltenberg:"Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatini kuzatmoqda"

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumlari oqibatini diqqat bilan kuzatgan va kelajakdagi qarorlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan saboqlar olgan.

1940999
Stoltenberg:"Xitoy Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatini kuzatmoqda"

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumlari oqibatini diqqat bilan kuzatgan va kelajakdagi qarorlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan saboqlar olgan.

Jens Stoltenberg bu fikrni Sharqiy Osiyoga safari chog’ida Yaponiya poytaxti Tokiodagi Keio universitetiga tashrifida tilga oldi.

"Yaponiya tinchlikni faol qo'llab-quvvatlovchi muhim global aktyordir. NATOning maqsadi ham shu",- dedi Stoltenberg.

Terrorizm, iqlim o'zgarishi, kiber tahdidlar va yadroviy qurollarning tarqalishi kabi global muammolar ortib borayotganini ta'kidlagan Stoltenberg:

"Global tizim tahdid ostida. Moskva va Pekin tahdidlarning boshida turibdi",-dedi.

Yens Stoltenberg Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotganini ta'kidlab, Xitoyning Hind-Tinch okeanidagi ta'siri kuchayib borayotganidan xavotirda ekanini aytdi.

“Agar Rossiya Ukrainaga qarshi urushda g'alaba qozonsa, Moskva va Pekin qo'pol kuch bilan xohlagan narsaga erisha olish mumkin degan fikrga boradi. Bugun Yevropada sodir bo'layotgan voqealar ertaga Sharqiy Osiyoda ham sodir bo'lishi mumkin”, deydi Stoltenberg.

Uning aytishicha, urush nafaqat Yevropa inqirozi, balki global xavfsizlik va barqarorlikka tahdiddir.

"Xitoy buni diqqat bilan kuzatmoqda va kelajakdagi qarorlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan saboqlarni olmoqda" deydi NATO bosh kotibi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Yens Stoltenberg

Aloqador xabarlar