Abbos: Falastinning tan olinmasligi va uning BMTga a’zo emasligidan Isroil javobgardir

Falastin Prezidenti Abbos, Entoni Blinken bilan boʻlgan uchrashuv ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1940535
Abbos: Falastinning tan olinmasligi va uning BMTga a’zo emasligidan Isroil javobgardir

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Ramallohda Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi.

Falastin Prezidenti Abbos, Entoni Blinken bilan boʻlgan uchrashuv ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida:

“Muammoni ikki davlat asosida hal qilish qaroriga putur yetkazish, imzolangan kelishuvlarni buzish, ishgʻolni toʻxtatib, aholi punktlarini yoʻq qilish boʻyicha xalqaro sa’y-harakatlarning yoʻqligi, Falastinning tan olinmasligi va uning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo emasligidan Isroil javobgardir”. - dedi.

Falastin xalqining qonuniy haqqining xalqaro huquq asosida himoya qilinishi va Falastin xalqining himoya qilinishi sa’y-harakatlariga monelik qilinganiga e’tibor qaratgan Abbos,

“Bu siyosat, Isroilni bundan ham koʻproq jinoyat sodir etishga va xalqaro huquqni buzishga undaydı”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Falastin ma’muriyatining zoʻravonlik qilmaslikka intilayotgani va imzolangan kelishuvlarga har doim amal qilib kelayotganini ta’kidlagan Mahmud Abbos, “Isroil ishgʻolini toʻxtatib, 1967 chegaralari asosida Falastin davlati tashkil etish uchun siyosiy muloqotni qayta tiklash uchun AQSh boshqaruvi va xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”. – dedi.

Isroil tomonidan oʻtgan hafta ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil shimolidagi Jenin qochqinlar lageriga uyushtirilgan bosqin oqibatida mintaqadagi taranglik avj oldi.

Jeninda falastinlik 10 kishi oʻldirilgan bosqindan keyin, Sharqiy Quddusdagi noqonuniy bir yahudiy turar joyida 7 nafar isroillik hayotdan koʻz yumgan boshqa hujum qayd etilgandi.

Isroil armiyasi va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan qoʻl urilgan otishmalar natijasida 2023-yil boshidan beri falastinlik 35 kishi vafot etdi. Ular orasida ayollar bilan bolalar ham bor.

 



Aloqador xabarlar