Donald Tramp prezidentlik kampaniyasini boshladi

U Nyu-Gempshir va Janubiy Karolinada tarafdorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

1939983
Donald Tramp prezidentlik kampaniyasini boshladi

 

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp prezidentlik kampaniyasini boshladi.

U Nyu-Gempshir va Janubiy Karolinada tarafdorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.  Qayd etilishicha, Tramp Janubiy Karolinada 200 kishi bilan suhbat o‘tkazgan.

“Hozir men kuchli g‘azabdaman va har doimgidan qat’iyatliroqman. Chunki, saylovchilar ruhi borki, biz ilgari hech qachon ko‘rmaganmiz”, deydi Tramp.

Tramp joriy prezident Jo Baydenning chegara, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatlarini tanqid qilib, prezidentlik davrida amalga oshirgan siyosatlardan misollar keltirdi.

"2024 yilgi saylovlar mamlakatimizni qutqarish uchun yagona imkoniyatdir",-deya ta’kidlagan Tramp AQShga yangi ideologiya, chuqur davlat, ommaviy axborot vositalari va Xitoyga qarshi tura oladigan kuchli lider kerak, degan fikrni olg’a surdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Uning vakillari ovoz berishda ishtirok etish uchun Federal saylov komissiyasiga hujjat taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp 2017 yildan 2020 yilgacha AQSH Prezidenti bo‘lgan. 2020 yilda u Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenga saylovda yutqazgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar