Ispaniyada cherkovga sodir etilgan hujumda ruhoniy halok bo'ldi

Ispaniyaning janubidagi Kadisning Algeciras tumanida bir kishi ikki cherkovga machete bilan hujum qilib, 1  Ruhoniyni  o'ldirdi, 4 kishini yaraladi.

1938085
Ispaniyada cherkovga sodir etilgan hujumda ruhoniy halok bo'ldi

 

Ispaniyaning janubidagi Kadisning Algeciras tumanida bir kishi ikki cherkovga machete bilan hujum qilib, 1  Ruhoniyni  o'ldirdi, 4 kishini yaraladi.

Ispaniya matbuotida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, soat 19.30 (21.30) atrofida Algecirasda ikki cherkovga hujum qilgan bir shaxs bir ruhoniyni machete bilan o'ldirgan  va kamida 4 kishini yaralagani qayd etildi.

Algeciras markazidagi eng katta cherkov Nuestra Senora de la Palmaning ruhoniysi Diego Valensiyaning hujumda halok bo‘lgani xabar qilindi. Guvohlarning aytishicha, hujumchi janjaldan keyin ruhoniyni machete bilan o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, San-Isidro mahallasida machete bilan sayr qilib, boshqa  bir cherkovga  ham hujum qilgan shaxs ruhoniy va u yerda ishlayotgan yana 3 kishini jarohatlagan.

Jarohatlanganlarning hayoti uchun xavfli emasligi aytilgan.

Ispaniya davlat televideniyesi RTVE hujumchi 25 yoshli marokashlik  bir erkak ekanligini va qo‘riqchilar tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, voqea yuzasidan tergov boshlagan prokuratura asosiy e`tiborni terakt sodir etish ehtimoliga qaratgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbon , #Ruhoniy , #Hujum , #Cherkov , #Ispaniya

Aloqador xabarlar