Bayden Ukrainaga Abrams tanki yetkazib berilishini ma’lum qildi

Prezidentning ta’kidlashicha, harbiy yordam boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan yuklar bilan birga jo‘natiladi.

1938102
Bayden Ukrainaga Abrams tanki yetkazib berilishini ma’lum qildi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Kiyevga 31 ta M1 Abrams tanki yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, harbiy yordam boshqa mamlakatlardan yetkazib beriladigan yuklar bilan birga jo‘natiladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina qo‘shinlari qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jo Bayden ushbu tanklarni "dunyodagi eng qobiliyatli tanklar" deb baholadi, u "Ukrainaning o'z hududini himoya qilish va strategik maqsadlariga erishish qobiliyatini oshirishini" ta'kidladi.

Bayden, tanklarga texnik xizmat ko'rsatish va boshqarish nihoyatda murakkab va shu doirada ukrainalik askarlarga eng qisqa vaqt ichida logistika, texnik xizmat ko'rsatish va tanklardan foydalanish bo'yicha mashg’ulot o’tkazilishini bildirdi.

Baydenning ta'kidlashicha, tanklarni yetkazib berish ukrainaliklar Abrams tanklarini o'z mudofaasiga kiritishga to'liq tayyor bo'lgandagina amalga oshiriladi.

Ayni paytda, Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Ukrainaga beriladigan tanklar, boshqa qurollarda bo'lgani kabi, "bu davlatdan faqat o'z hududini himoya qilish uchun foydalanishini" aytdi.

AQSh bu qarorni qabul qilishi bilan bir vaqtda Germaniya Ukrainaga “Leopard 2” tanklarini yetkazib berishini e'lon qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh va Germaniyaning o'z mamlakatlariga tank berish qarorlariga munosabat bildirdi.

"Bugun Ukraina uchun juda yaxshi xushxabar kuni. Tanklar koalitsiyasi mavjud" dedi Zelenskiy.

U videomurojaatida urushni qisqa muddatda tugatish uchun tanklardan tashqari uzoq masofaga uchuvchi raketalar, artilleriya tizimlari va jangovar samolyotlarga ehtiyoj borligini qo’shimcha qildi.

"Frontdagi qahramonlarimiz dunyodan qanchalik ko'p mudofaa yordami olsa, Rossiyaning tajovuzi shunchalik tez tugaydi",-deydi Ukraina prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Abrams , #Ukraina , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar