Ulf Kristersson:"Qur’onni yoqish musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir"

Ulf Kristersson Stokgolmda Turkiya elchixonasi oldida o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan tomonidan Qur’onni omma ko‘z o‘ngida yoqib yuborgani va Turkiya davlat rahbariga nisbatan haqoratlariga munosabat bildirdi.

1937049
Ulf Kristersson:"Qur’onni yoqish musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir"

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Stokgolmda Turkiya elchixonasi oldida o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan tomonidan Qur’onni omma ko‘z o‘ngida yoqib yuborgani va Turkiya davlat rahbariga nisbatan haqoratlariga munosabat bildirdi.

Ulf Kristersson Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida shanba kuni Qur’on yoqish hodisasini musulmonlarga nisbatan hurmatsizlik deb atadi.

U bu fikrni yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bildirgan.

“So‘z erkinligi demokratiyaning asosiy qismidir. Barcha qonuniy bo‘lgan narsa doim ham maqbul bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik uchun muqaddas kitoblarni yoqish chuqur hurmatsizlikdir. Stokgolmda sodir bo‘lgan voqeadan xafa bo‘lgan barcha musulmonlarga bugun hamdardligimni bildirmoqchiman”, deb aytgan Ulf Kristersson.


Tanlangan kalimalar: #Ulf Kristersson , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar