Eronda namoyishlarda hibsga olinganlar pushaymonlik huquqi bilan ozod etilishi talab qilindi

Eron Talabalar Axborot Agentligi (ISNA) xabariga ko'ra, Ejei, Adliya Oliy Kengashi yig'ilishida so'zlagan nutqida, oxirgi namoyishlarda qo'lga olinganlar haqida bayonot berdi.

1936711
Eronda namoyishlarda hibsga olinganlar pushaymonlik huquqi bilan ozod etilishi  talab qilindi

 

Eron Adliya boshqarmasi rahbari G‘ulom Husayn Muhsin Ejei Mahsa Emini namoyishlarida qatnashgani uchun hibsga olinganlarning “ta’sirli pushaymonlik” huquqi bilan ozod etilishini talab qildi.

Eron Talabalar Axborot Agentligi (ISNA) xabariga ko'ra, Ejei, Adliya Oliy Kengashi yig'ilishida so'zlagan nutqida, oxirgi namoyishlarda qo'lga olinganlar haqida bayonot berdi.

Namoyishlardan kelib chiqqan xavfsizlik muammolari nihoyasiga yetganini va voqealarning yetakchilari qo'lga olinganini ifoda etgan Ejei, "aldangan yoshlar"ni ulardan alohida saqlash kerakligini ta'kidladi.

Ejey,

“Oxirgi voqealarda xatoga yoʻl qoʻyib, shaytonga ergashganlar, keyinchalik xatosini anglab, pushaymonligiga iqror boʻlgan, dushmanning hiyla-nayranglarini anglab yetganlar jamiyatga, oʻzlarining normal hayotlariga qaytishlari uchun zamin hozirlashimiz kerak. İnqilobning yilligi kunlarida". dedi.

Eronda ba’zi mahbuslar diniy va milliy bayramlar munosabati bilan vaqti-vaqti bilan ozod qilinadi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar