Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Italiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi o’z mamlakatiga tashrif buyurgan Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani bilan xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

1936366

Bu haqda Misr Prezideni matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Sisi rasmiy tashrif bilan Qohiraga kelgan Italiya Tashqi ishlar vaziri Tajanini qabul qildi.

Tajanining Misrga tashrifini mamnuniyat bilan qabul qilganligini ifoda etgan Sisi, ikki davlatni bir-biriga bog'lab turgan tarixiy aloqalarning mustahkamligiga va Italiya bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirishga ahamiyat berganiga e'tibor qaratdi.

Italiya vaziri Tajani ham o‘z mamlakatining Misr bilan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash istagini, shuningdek, umumiy ahamiyatga ega mintaqaviy masalalarda mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlashtirish istagini bildirdi.

Uchrashuvda sanoat, energetika xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi, shuningdek, noqonuniy immigratsiya va terrorizmga qarshi kurash sohalarida hamkorlik  masalalari muhokama qilindi.

Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Misr

Aloqador xabarlar