Islom davlatlari Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladi

“Islomofobiya ruhidagi ushbu ma’nisiz va provokatsion harakat dunyodagi 1,5 milliard musulmonning his-tuyg‘ularini tahqirladi”, – deyiladi Pokiston TIV bayonotida.

1936589
Islom davlatlari Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladi

 

21 yanvar kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni karim nusxasi omma oldida yoqib yuborilgani butun dunyoda qoralanmoqda.

Ayniqsa, na xalqaro huquq, na insoniylik me’yorlariga to‘g‘ri keladigan bu xatti-harakat islom dunyosini darg‘azab qildi.

“Islomofobiya ruhidagi ushbu ma’nisiz va provokatsion harakat dunyodagi 1,5 milliard musulmonning his-tuyg‘ularini tahqirladi”, – deyiladi Pokiston TIV bayonotida.

Rasmiy Islomobodga ko‘ra, muqaddas kitobning omma ko‘z o‘ngida yoqib yuborilishini so‘z yoki fikr erkinligi bilan tenglab bo‘lmaydi. Negaki, xalqaro huquq me’yorlari insonlar o‘rtasida nifoq, nafrat urug‘ini sochish, shaxslarning  diniy tuyg‘ularini poymol etishni man etadi.

Saudiya Arabistoni ham Rasmus Paludanning xurmatsizlarcha qilig‘ini qat’iy ravishda qoralagan.

“Podshohlik muloqot, bag‘rikenglik, totuvlik kabi qadriyatlarni muhofaza etish, nafrat va ekstremizmdan voz kechish borasidagi pozitsiyasida qat’iydir”, – deyiladi Saudiya rasmiy munosabatida.

Islom hamkorlik tashkiloti Shvetsiyada ro‘y bergan nafratga loyiq xatti-harakat Yevropada islomofobiya, irqchilik va ayirmachilik xavotirli darajaga chiqqanidan dalolat berishini ta’kidlab, Stokholm hukumatidan aybdorlarni jazolashni talab qilgan.

Shuningdek, BAA, Iordaniya, Kuvayt, Qatar, Misr, Eron tashqi siyosat mahkamalari ham diniy e’tiqodga qarshi qaratilgan aksiyani qoralagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya

Aloqador xabarlar