Rob Bauer:"Rossiya bahorda Ukrainaga yangi hujum boshlashi mumkin"

NATO oliy harbiy rasmiysi Rob Bauer, NATO shtab raislari yig'ilishi yakunida matbuotga brifing berdi.

1935669
Rob Bauer:"Rossiya bahorda Ukrainaga yangi hujum boshlashi mumkin"

 

NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauerning aytishicha, Rossiya bahorda Ukrainaga yangi hujum boshlashi mumkin.

NATO oliy harbiy rasmiysi Rob Bauer, NATO shtab raislari yig'ilishi yakunida matbuotga brifing berdi.

U Rossiya keng ko’lamli hujum uyushtirishi mumkinmi? degan savolga javob berar ekan, Rossiyaning strategik maqsadlari o‘zgarmaganini, shuning uchun ular yangi hujumni kutishayotganini aytdi.

"Mutlaqo ishonchimiz komil emas, lekin taxminlarga ko'ra, agar ular o'zlarining strategik maqsadlarini o'zgartirmasalar, bahorda yangi hujumni boshlashlari mumkin", dedi Rob Bauer.

Ukrainaning allaqachon bu fikrga ega ekanligini ta'kidlagan Bauer, "Ukrainaliklar bunga tayyor bo'lishi kerak" dedi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar