Germaniya Ukrainaga leopard tanki berishni rejalashtirmoqda

Ta'kidlanishicha, Germaniya kansleri Olaf Scholz Ukrainaga Leopard tanklarini Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) bu mamlakatga Abrams tipidagi jangovar tanklarni yetkazib berish sharti bilan yuborishlari mumkin.

1935023

Suddeutsche Zeitung gazetasining xabarida, Olaf Scholz seshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan  telefon orqali muloqotida, agar AQSh Ukrainaga Abrams tipidagi jangovar tanklarni etkazib bergan taqdirda  o’zlari ham  bu mamlakatga Loepard tanklarini yetkazib berishlari mumkinligini aytdi.

Xabarda, Scholz yig'ilishda bu shartni ifoda etgan bo'lsa-da, Bayden hech qanday  bir va’da bermagani   ta'kidlangan.

Krauss-Maffei Wegmann kompaniyasi hozirgacha 3600 ga yaqin Leopard-2 jangovar tanklarini ishlab chiqargan va ularni ko'plab mamlakatlarga yetkazib bergan.

Ta'kidlanishicha, Germaniya armiyasida 300 ga yaqin "Leopard" tanklari mavjud.

Bir mamlakat o'z inventariyasidagi Leopard tankini boshqa davlatga berish  uchun Germaniyaning roziligini olishi kerak.

Taxminan 2 hafta oldin Germaniya Ukrainaga 40 ta Marder zirhli jangovar mashinasini berishini e'lon qildi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Leopard tank , #Germaniya

Aloqador xabarlar