Italiyada 30 yildan beri qidirilayotgan mafiya lideri qo‘lga olindi

60 yoshli Denaro davolanish uchun borgan Sitsiliya orolidagi xususiy klinikada ushlangan.

1933250
Italiyada 30 yildan beri qidirilayotgan mafiya lideri qo‘lga olindi

 

Italiyada 30 yildan beri qidirilayotgan mafiya rahbari Matteo Messina Denaro qo‘lga olindi.

60 yoshli Denaro davolanish uchun borgan Sitsiliya orolidagi xususiy klinikada ushlangan.

Italiya politsiyasi bayonotiga ko'ra, mafiya rahbari mamlakatda qidiruvdagi jinoyatchilar ro'yxatining boshida turgan.

Matteo Messina Denaroning hibsga olingani tasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni operatsiyani “buyuk g‘alaba” deb baholadi va politsiyani tabrikladi.

Mafiya rahbari Denaro 3 ta alohida holatda, jumladan, uni tergov qilayotgan 2 prokurorning o'ldirilishi bo'yicha sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

 



Aloqador xabarlar