Afg‘onistonda 24 kishi sovuqda muzlab halok bo‘ldi

Ma’lumotga ko'ra, Badgis viloyatida 4 nafar bola, Hirot va Baglanda 9 kishi, Xost viloyatida 5 kishi, Faryobda 2 kishi, Juzjonda 2 kishi va Sar-e Polda 1 kishi muzlab halok bo’lgan.

1933217
Afg‘onistonda 24 kishi sovuqda muzlab halok bo‘ldi

 

Afg‘onistonda noqulay ob-havo sharoiti tufayli 24 kishi muzlab halok bo‘ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, ayniqsa, shimoliy hududlarda samarali bo'lgan sovuq, so'nggi kunlarda odamlarning o’lim holatlariga sabab bo'lmoqda.

Ma’lumotga ko'ra, Badgis viloyatida 4 nafar bola, Hirot va Baglanda 9 kishi, Xost viloyatida 5 kishi, Faryobda 2 kishi, Juzjonda 2 kishi va Sar-e Polda 1 kishi muzlab halok bo’lgan.

Mamlakatda qahraton sovuq tufayli yuzlab odamlar shifoxonalarga murojaat qilgan, minglab qoramol sovuqdan nobud bo'lgan.

Afg'onistonda aholining aksariyati iqtisodiy inqiroz tufayli qishda o'tin va ko'mir sotib olishga qiynaladi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar