Kaliforniyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 15 kishiga yetdi

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, rasmiylar 34 million kishining "sel ostida qolish xavfi" borligini e'lon qildi.

1931111
Kaliforniyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 15 kishiga yetdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida hafta oxirida boshlangan kuchli yog’ingarchilik va bo'ron oqibatida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, rasmiylar 34 million kishining "sel ostida qolish xavfi" borligini e'lon qildi.

O'lim holatlariga asosan yo'l-transport hodisalari, ob-havo sharoiti tufayli daraxtlarning qulashi va suv toshqini sabab bo'lganini bildirgan rasmiylar, avtomobili suv ostida qolgan ayolni atrofdagilar qutqarib qolganini, ammo 5 yoshli bolasi halok bo'lganini ma'lum qildi.

San-Luis-Obispo okrugi yetakchisi Toni Chipolla suv toshqinlarida bedarak yo’qolganlarni qidirib topish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfi tufayli Santa-Kruz viloyatida 32 mingga yaqin, Santa-Barbara okrugida esa 10 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Qayd etilishicha, shtatning sharqiy qismida 2 metrga yaqin qor yoqqan, tog‘lar atrofidagi ayrim yo‘llar qor ko‘chkisi xavfi tufayli transport harakati uchun yopilgan.

Santa-Klara okrugida 225 mingga yaqin uy va korxona elektr ta'minotisiz qolgan.

Milliy meteorologiya xizmati mintaqada noqulay ob-havo sharoiti davom etishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kaliforniya

Aloqador xabarlar