Rossiya va Ukraina ombudsmanlari Türkiyeda uchrashmoqchi

Moskalkova poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan bayonotida, 12-14 yanvar kunlari Türkiyeda tashrif buyurishini bildirdi.

1930277
Rossiya va Ukraina ombudsmanlari Türkiyeda uchrashmoqchi

Rossiya va Ukraina ombudsmanlari 12-14 yanvar kunlari Turkiyada uchrashishni rejalashtirmoqda.

Rossiya prezidenti xuzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan bayonotida, 12-14 yanvar kunlari Turkiyaga tashrif uyushtirishini bildirdi.

Dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘plab ombudsman Turkiyada bo‘lib o‘tadigan forumda ishtirok etishini qayd etgan Moskalkova Ukraina tomonini nazarda tutgan holda:

“Shunday uchrashuv rejalashtiryapmiz. O‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan uchrashuv imkoniyati va muzokaralarimizning asosiy kun tartibini muhokama qilyapmiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina parlamentining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitro Lubinets ham tunov kuni bergan bayonotida, Turkiyada Rossiya tomoni bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar