Eronda sobiq prezidentning qizi Rafsanjoniy hibsga olindi

60 yoshli faol Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy mamlakat xavfsizligiga qarshi fitna uyushtirganlikda va mavjud hukumat tizimiga qarshi tashviqotda ayblanmoqda.

1930381
Eronda sobiq prezidentning qizi Rafsanjoniy hibsga olindi

 

 

Kecha, 9 yanvar kuni Eron Majlisining (parlamenti) sobiq deputati va taniqli ayollar huquqlari faoli, sobiq prezident Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning qizi Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘zg‘atganlikda ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Hoshimiyning advokati Nida Shams o‘zining Twitter’dagi sahifasida uning mijozi “rejimga qarshi targ‘ibot” va “jamoat tartibini buzish”da ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilganini ma’lum qildi.

“Mening mijozim birinchi instansiya sudi tomonidan aholini namoyishga chorlagani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biz bu qaror ustidan qonuniy muddat ichida shikoyat qilishga harakat qilamiz”, advokat Shams.  

Shams sud qarori ustidan shikoyat qilish yo'li ochiq va shikoyat qilinishi mumkinligini ta'kidladi.

Uning ta’kidlashicha, Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy hozirda hibsda ushlab turilibdi, unga qarshi boshqa da'volar ham bor.

Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy 27-sentyabr kuni poytaxt Tehronda Mahsa Emini o‘limi ortidan boshlangan namoyishlar chog‘ida namoyishchilarni qo‘zg‘atganlikda ayblanib, sababli hibsga olingan edi.

Eron adliyasi ham 60 yoshli faolni mamlakat xavfsizligiga qarshi fitna uyushtirganlikda va mavjud hukumat tizimiga qarshi tashviqotda ayblagan. 

Hoshimiy 2021-yil yanvar oyida so’zlagan nutqida Amerika Qo‘shma Eronga tazyiqlarini qo‘llab-quvvatlashini va ko‘plab doiralar, jumladan, o‘z atrofidagilardan ham munosabat bildirishini ma’lum qilgandi. Aprel oyida qilgan chiqishida Hoshimiy Inqilob gvardiyasi armiyasi AQShning sanksiyalar ro‘yxatida qolishi kerakligini aytgandi.

May oyida prokuratura Hoshimiyga Muhammad payg‘ambar haqidagi so‘zlari, keyinchalik u “hazil” ekanini aytgani va Tehron ma’muriyatiga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tergov ochgan edi.

Hoshimiy-Rafsanjoniy noqonuniy yig‘ilishlarda qatnashgani uchun avval ham bir necha bor sudlangan. 2009 yilda u besh yilga siyosiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatdan chetlashtirildi. 2011 yilda faol islohotchilar harakati yetakchisi Mir Husayn Musaviyni qo‘llab-quvvatlagan mitingda nutq so‘zlagani uchun qamoqqa tushgan edi. 2017 yilda u Eron hukumati amaldorlarini obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni chop etgani uchun yana olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Foiz Hoshimiy-Rafsanjoniy , #Eron

Aloqador xabarlar