Ukraina Rossiyaning hujumida 600 askari halok bo’lgani haqidagi bayonotni rad etdi

Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi matbuot kotibi Sergey Cherevatiy Rossiya Mudofaa vazirligining “Kramatorskga raketa hujumi natijasida 600 dan ortiq ukrainalik askar halok bo‘lgan” haqidagi bayonotini rad etdi.

1929796

Ukrainaning Ukrinform xabar agentligida bergan xabarga ko'ra, Cherevaty, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Donetsk viloyatidagi Kramatorsk shahriga Rossiya hujumlari bilan bog'liq bayonotini baholadi.

Rossiya armiyasi yuqori aniqlikdagi hujumlarni amalga oshirishga qodir emasligini ta'kidlab, Cherevatiy quyidagi bayonotlarni berdi:

"Ushbu ma'lumotlar bizning barcha HIMARSlarimizni yo'q qilgani haqidagi ma'lumot kabi aniqdir. Bu Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan Ukraina Qurolli Kuchlarining gavjum kadr markazlari, omborlari,  logistika  va yuqori aniqlikdagi hujum tizimlari va muvaffaqiyatli harakatlariga javoban tashkil etilgan  bir axborot operatsiyasidir. Ularda bunday bir imkoniyat  yo'q." Dedi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Kramatorskga  uyushtirgan raketa hujumida 600 dan ortiq ukrainalik askar halok bo'lganini da'vo qilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Rad , #Hujum , #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar