Terrorist Zeki Gurbuz Turkiya milliy razvedka tashkiloti tomonidan yo’q qilindi

O'tgan yili Bursada qamoqxona xizmat mashinasiga uyushtirilgan hujumning tashabbuskori bo'lgan terror tashkiloti MLKPning Suriya rahbari deb atalgan Zeki Gurbuz Milliy razvedka tashkiloti (MIT) tomonidan yo’q qilindi.

1928939

Bursaning Mudanya tumanida 20 aprel kuni qamoqxona qo'riqchilarini  olib ketayotgan  xizmat mashinasi va 16 avgust kuni xavfsizlik kuchlariga uyushtirilgan raketa hujumining tashabbuskori va rejalashtiruvchisi bo'lgan Ahmet Sho’resh  laqabli  Zeki Gurbuz 2019 yilida Suriya MLKP terror tashkilotining a'zosi bo’lib  terror tashkilotining moliyaviy manbalarini ham  boshqargan.

Bursada 20 aprel kuni qamoqxona qo'riqchilarini olib ketayotgan avtobus o'tayotgan vaqtda bombali hujum uyushtirilgan, bir qamoqxona qo'riqchisi shahid bo'lgan, 4 nafari esa yaralangan edi.

Tanlangan kalimalar: #MIT , #Zeki Gurbuz , #Terror , #MLKP

Aloqador xabarlar