Rossiya: Ukraina hujumlari oqibatida 89 nafar rus askari halok bo‘ldi

Ukraina Qurolli kuchlari 1 - yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:01 da Donetsk viloyatidagi Makeyevka aholi punkti yaqinidagi vaqtinchalik Rossiya Qurolli kuchlari joylashgan nuqtalardan biriga hujum uyushtirgan.

1927756
Rossiya: Ukraina hujumlari oqibatida 89 nafar rus askari halok bo‘ldi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasining raketa hujumlari natijasida Makeyevka yaqinida halok bo‘lgan rus askarlari soni 63 nafardan 89 nafarga chiqqanini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukraina Qurolli kuchlari 1 - yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:01 da Donetsk viloyatidagi Makeyevka aholi punkti yaqinidagi vaqtinchalik Rossiya Qurolli kuchlari joylashgan nuqtalardan biriga hujum uyushtirganini yodga soldi.

Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p stvolli raketa otuvchi tizimi orqali uloqtirilgan 6 ta raketadan 2 tasi Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan urilgani ifoda etilgan bayonotda, 4 ta raketaning rus harbiylari joylashgan binoga tushgani ma’lum qilindi.

Bayonotda, “Afsuski, temir-beton bino parchalari ostida olib borilgan tekshiruvlarda halok bo‘lgan do‘stlarimiz soni 89 nafarga yetdi. Ular orasida polk komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Bachurin ham bor”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ukraina Qurolli kuchlari Strategik aloqa idorasi tomonidan berilgan bayonotda esa, Makeyevka shahrida kazarma sifatida foydalanilgan markazga uyushtirilgan hujum natijasida 400 ga yaqin Rus askari halok bo‘lganligi iddao etilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Makeyevka , #rus askari

Aloqador xabarlar