Meksikadagi qamoqxonada sodir bo'lgan isyonda 19 kishi halok bo'ldi

Chihuahua shtati Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, 10 gardian va 9 mahbus hayotdan ko'z yumgani, 27 mahbus esa qochishga muvaffaq bo'lgani bildirildi.

1927085
Meksikadagi qamoqxonada sodir bo'lgan isyonda 19 kishi halok bo'ldi

 

Kecha Meksikadagi qamoqxonada boshlangan tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

Meksika matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, voqealar Chihuahua shtatidagi Xuarez qamoqxonasining 3-sonli Davlat ijtimoiy reintegratsiya markazida sodir bo'lgan.

Chihuahua shtati Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, 10 gardian va 9 mahbus hayotdan ko'z yumgani, 27 mahbus esa qochishga muvaffaq bo'lgani bildirildi.

Xavfsizlik kuchlari bilan mahbuslar o'rtasida yuzaga kelgan to'qnashuvda 13 kishi tan jarohati olgan.


Tanlangan kalimalar: #Meksika

Aloqador xabarlar