Somalida davom etgan namoyishlar natijasida kamida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi

Somalidan mustaqilligini bir tomonlama e'lon qilgan Somalilandda davom etgan muxolifat namoyishlari natijasida kamida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1926853

Somalilandning Sool hududida noma'lum shaxslar tomonidan sodir etilgan qotilliklardan so'ng, o'tgan hafta mintaqa aholisi hukumatga norozilik bildirish uchun ko'chalarga chiqdi.

Sog'liqni saqlash xodimlari bergan ma'lumotlarga ko'ra, xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qarata o't ochishi oqibatida o'tgan haftada aksari tinch aholidan iborat kamida 20 kishi halok bo'lgan.

Somaliland Inson Huquqlari Markazi rahbari Yasmin Umar Mohamud mintaqada internetga kirish imkoni yo'qligini va voqealardan keyin 53 kishining qo'lga olinganini aytdi.

Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi va Somalilandni muammoni hal qilishga chaqirdi.

Somaliland 1991 yilda bir tomonlama ravishda Somalidan mustaqilligini e'lon qilgan.

Tanlangan kalimalar: #Halok , #20 kishi , #Namoyihs , #Somaliland , #Somali

Aloqador xabarlar