Rossiya: IHA ishlab chiqariluvchi joylarga zarba berdik

Konashenkov Rossiya armiyasining Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan urushdagi harakatlari haqida bayonot berdi.

1926450
Rossiya: IHA ishlab chiqariluvchi joylarga zarba berdik

Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Igor Konashenkov, Ukrainada insonsiz havo apparatlari (IHA) ishlab chiqariluvchi joylarga zarba berganliklarini bildirdi.

Konashenkov Rossiya armiyasining Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan urushdagi harakatlari haqida bayonot berdi.

Rossiya Qurolli Kuchlari 31-dekabr kuni Ukrainadagi mudofaa sanoati obyektlarini havodan uloqtirilgan uzoq masofali yuqori aniqlikdagi raketalar orqali urganliklarini ifoda etgan Konashenkov, bu obyektlar orasida IHA ishlab chiqarish joylari ham borligini qayd etdi.

Obyektlar bilan bir qatorda IHA omborlari va uchirish joylari ham borligiga e’tibor qaratgan Konashenkov,

“Hujumlar nishonga olingan nuqtaga tegdi. Kiyev rejimining yaqin kelajakda Rossiyaga qarshi hujum uyushtirish rejalari buzildi”. - dedi.

Ukrainadagi amaliyotlar davom etayotganini bildirgan Konashenkov,

“Bugungi kunga qadar Ukrainada 355 ta samolyot, 199 ta vertolyot, 2779 ta insonsiz havo apparati, 399 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, 7350 ta tank va zirhli texnika, 957 ta koʻp stvolli raketa, 3756 ta gaubitsa va minomyot, 7859 ta maxsus boʻlinmalar tayyorlandi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #IHA

Aloqador xabarlar