Ukraina armiyasi kelasi yilga tayyorlanmoqda

Zelenskiy kechasi Telegram hisobi orqali xalqqa murojaat qilib, Rossiyaga qarshi davom etayotgan urush haqida ma’lumot boʻlishdi.

1924583
Ukraina armiyasi kelasi yilga tayyorlanmoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 24 - fevralda boshlagan Rossiya - Ukraina urushi davom etayotganini yodga solib, armiyani kelasi yilga tayyorlayotganliklarini bildirdi.

Zelenskiy kechasi Telegram hisobi orqali xalqqa murojaat qilib, Rossiyaga qarshi davom etayotgan urush haqida ma’lumot boʻlishdi.

Vladimir Zelenskiy oʻz murojaatida mudofaa va xavfsizlik kuchlari vakillari bilan uchrashib, frontdagi so‘nggi vaziyatni muhokama qilganliklarini qayd etdi.

Uchrashuvda, armiyani kelasi yilga tayyorlash haqida gaplashganiga ham e’tibor qaratgan Zelenskiy,

“Ukrainaning mudofaa va xavfsizlik kuchlarini kelasi yilga tayyorlashda davom etamiz. Bu hal qiluvchi yil boʻlishi zarur”, - dedi.

Ukraina armiyasi har mavsumga tayyor boʻlishi kerakligini ta’kidlagan Zelenskiy:

“Qishda qanday xavf-xatarlar borligi, bahorda nimalar qilishimiz kerakligi va shuning uchun butun mudofaa va xavfsizlik tarmogʻi qanday natijalarni koʻrsatishi kerakligini bilamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Maqsadlari butun Ukraina tuproqlarini ozod etish ekaniga e’tibor qaratgan Zelenskiy, 2023 -yilga ham shu ishonch bilan kirishlarini oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar