Zelenskiy bilan Kuleba Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot bo‘lishdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Bosh vazir Dmitro Kuleba Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot bo‘lishdi.

1924061
Zelenskiy bilan Kuleba Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot bo‘lishdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy to‘qnashuvning Donbas mintaqasida davom etayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiy, 24 - fevraldan beri davom etayotgan Rossiya - Ukraina urushi bilan bog‘liq oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Rossiya armiyasi Donbasda shiddatli hujumlar uyushtirgani ammo hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaganini qayd etgan Zelenskiy:

“U yerda vaziyat og‘ir”, - dedi.

Zelenskiy, Rossiya hujumlarida energiya infratuzilmalariga yetkazilgan ziyon tufayli elektr energiyasi uzilishlari davom etayotganini va 9 millionga yaqin inson elektrsiz qolganini bildirdi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dimitro Kuleba esa, “tinchlik sammiti” haqida bayonot berdi.

Kuleba, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish moderatorligida fevral oyida “tinchlik sammiti” tashkil etishni maqsad qilganliklarini bildirdi.

Kulebaning ta’kidlashicha, Rossiya mazkur sammitda ishtirok eta olishi uchun avvalo urush jinoyatlari ustidan xalqaro sud oldida javob berishi kerak.

Rossiyaning tinchlik muzokaralariga tayyor ekanligi haqida bayonotning haqiqatdan uzoqligini ifoda etgan Kuleba,

“Urush maydonida qilganlari buning aksini isbotlaydi”. – deya gapirdi.

Kiyev ma’muriyati, yana bir bor Rossiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tarkibidan chiqarilishi uchun qonuniy choralar ko‘rishga chaqirdi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilishicha, Rossiya, birinchi bosh vaziri Boris Yeltsinning sa’y-harakatlari bilan noqonuniy ravishda BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lgan.

 

 



Aloqador xabarlar