Zelenskiy Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi

Yetakchilar ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni mustahkalash masalasini muhokama qildi. Shuningdek, Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan mojaro yuzasidan fikr almashdi.

1924164
Zelenskiy Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi

 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, yetakchilar ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni mustahkalash masalasini muhokama qildi. Shuningdek, Ukrainada 24-fevraldan beri davom etayotgan mojaro yuzasidan fikr almashgan.

Narendra Modi Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirganini qatʼiy takrorlagani taʼkidlangan.

Hindiston tinchlik yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini tilga olgan Modi, Ukrainadagi mojarodan jabr koʻrgan odamlarga insonparvarlik yordamini yetkazishda davom etishga va’da berdi.

Shuningdek, suhbat chog’ida Hindistonning G20 raisligi va Ukrainaning urushni to’xtatish uchun 10 banddan iborat “Ukraina formulasi” deb nomlangan tinchlik formulasi muhokama qilindi.

Bu haqda Zelenskiy Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Men Hindiston Bosh vaziri Modi bilan telefon orqali muloqot qildim va unga G20ga raislik vazifasi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladim. Men ushbu platformada tinchlik formulamizni e’lon qildim va endi Hindiston uni amalga oshirishda ishtirok etishiga ishonaman. Shuningdek, Modiga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdim", deb yozgan Zelenskiy.

Qayd etilishicha, Ukrainaning 10 banddan iborat tinchlik formulasida yadro xavfsizligi, oziq-ovqat va energiya xavfsizligi, Rossiyaning Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

 

 



Aloqador xabarlar