Avstriyada qor ko‘chkisi ostidan 10 kishi qutqarib olindi

Avstriyaning Alp tog'laridagi Lech/Zuers chang'i maydonida sodir bo'lgan qor ko'chkisi falokatida qor ostida qolgan 10 kishi qutqarildi.

1923834
Avstriyada qor ko‘chkisi ostidan 10 kishi qutqarib olindi

 

Avstriyaning Alp tog'laridagi Lech/Zuers chang'i maydonida sodir bo'lgan qor ko'chkisi falokatida qor ostida qolgan 10 kishi qutqarildi.

Avstriyaning Alp tog'laridagi mashhur qishki sport markazida kecha mahalliy vaqt bilan soat 15.00 atrofida sodir bo'lgan qor ko'chkisi falokatida 10 kishi qor ostida qoldi.

Politsiya tomonidan berilgan bayonotda, ko'plab vertolyotlar, qidiruv itlari va qutqaruv guruhlari ishtirok etgan qidiruv ishlari doirasida 10 kishining qutqarilgani bildirildi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, qor ko‘chkisi Lex/Zuers tog‘-chang‘i zonasida 2700 metr balandlikda tushgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar