Tolibon ayollarning ishlashini vaqtinchalik toʻxtatdi

“Tolibon” ayollarga yana taqiq qo‘ydi

1923341
Tolibon ayollarning ishlashini vaqtinchalik toʻxtatdi

Tolibon Afg‘onistondagi mahalliy yoki chet ellik nodavlat nohukumat tashkilotlarning ayol kishidan iborat xodimlari faoliyatini keyingi e’longa qadar toʻxtatdi.

Tolibon muvaqqat hukumati Iqtisodiyot vazirligi Matbuot xizmati kotibi Abdurahmon Habibning qayd etishicha, vazirlikning ushbu qarori mamlakatdagi barcha nodavlat notijorat tashkilotlarga yuborilgan va bu qarorga amal qilinishi kerak.

Habib, ushbu qarorning “Chet ellik ayol xodimlarga tegishlimi yoki yoʻq? - degan savolga javob bermadi.

Vazirlik bayonotida, ushbu muassasalarda ishlayotgan ayollarning Tolibon yetakchiligi yoʻlga qoʻygan roʻmol oʻrash haqidagi qoidaga toʻgʻri rioya qilinmayotgani ustidan koʻplab shikoyatlar tushganini ta’kidladi.

Bayonotda, ayol kishilardan iborat xodimlari ishini toʻxtatmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilinishi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz:

Tolibon muvaqqat hukumatining Oliy taʼlim vazirligi, 20 - dekabr kuni Afgʻonistondagi barcha oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba qizlarning ta’lim olishlarini, keying e’longa qadar toʻxtatganini ma’lum qilgandi.

O‘tgan yilning 15-avgustida Afg‘onistonni boshqara boshlagan Tolibondan keyin davlat va xususiy tarmoqlarda ishlayotgan koʻplab ayollar ham, ishdan boʻshatilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #talaba qizlar , #taqiq , #ayollar , #Tolibon

Aloqador xabarlar